ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QOSHIDAGI

“KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI” AKADEMIK LITSEYI

TDTU qoshidagi “Kompyutert texnologiyalari” akademik litseyida

“O‘zbekiston kecha va bugun” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati

Qatnashdilar: Akademik litseyning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.SH.Mavzyudova, tarix o‘qituvchisi A.Fayzullaev, guruh rahbarlari va 1 kurs o‘quvchilari.

 KUN TARTIBI:

1.  O‘zbekiston kecha va bugun

2.  Bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar to‘g‘risida

     Tadbirni MMIBDO‘ I.SH.Mavzyudova ochib berdi va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqea-xodisalar to‘g‘risida o‘quvchi-yoshlarga turli hayotiy misolar keltirigan holda tushuntirish ishlari olib bordi.

          So‘ng so‘zga A.Fayzullaev chiqib, o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekistonning kechagi va bugungi holati yuzsidan ma’ulumotlar berdi.  O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar ko‘p mashaqqatlar chekanligi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish yo‘lida qanchadan qancha qurbonliklar qilinganligi, vatandoshlarimiz davlatimizning mustaqil bo‘lishi uchun o‘z jonilaridan kechib mardonavor halok bo‘lganliklari, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy tan ahvolga qaramay millatimiz kurashishdan to‘htamay kelajak avlod uchun vatanni mustaqil qilish yo‘lida jon berganliklari haqida gapirib o‘tdi. Bugungi kunda esa ota-bobolarimiz chekkan zaxmatlar evaziga yurtimizning bayrog‘i hilpirab, tinch osuda osmon ostida, mustaqil davlatda kelajak avlod hayot kechirayotganligi, mustaqillikdan so‘ng qanchadan qancha ishlar amalga oshirilganligi, shahar va viloyatlarda bo‘layotgan o‘zgarishlar, qurilayotgan turli hil inshoatlar, qayta tiklangan milliy qadriyatlarimiz va yana bir qancha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘quvchilarga ma’lumotlar berdi. Siz o‘sib kelayotgan yosh avlod ota-bobolarimizning kechgan zaxmatlarini, ularning mardonavor jjon berganliklarini doimo yodingizda saqlashingiz, ulardan o‘rnak ola bilishingiz kerakligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

So‘ng O‘zbekiston kecha va bugun deb nomlangan slaydlarni o‘quvchi-yoshlarga taqdim etib, ularni birma-bir tushuntirib o‘tdi.

           

Siz yoshlar hozirda e’tiboringizni turli hil bekorchi ishlarga sarvlashdan ko‘ra, bilimlarni mukammal egallab kelajakda etuk mutaxassis bo‘lib etishishga harakat qilishingiz kerakligi, buning uchun dars mashg‘ulotlariga doimiy ravishda qatnashib, bo‘sh vaqtingizdan unumli foydalanishingiz kerakligi haqida aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javoblar berilib, “kelajagimiz biz yoshlarning o‘z qo‘limizda” degan maqsadni oldingizga qo‘yinglab deb ta’kidlab o‘tildi.


© 2014-2017 TDTU qoshidagi Kompyuter texnologiyalari akademik litsey 

Sayt dizayneri Xushnud Temirov