ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QOSHIDAGI

“KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI” AKADEMIK LITSEYI

LITSEY HAQIDA

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng  rivojlangan jamiyat qurish va har tomonlama taraqqiy qilgan huquqiy demokratik davlat darajasiga ko’tarilish asosiy maqsad bo’lib qoldi.Ushbu maqsadni amalga oshirish yo’lidagi qator vazifalar belgilab berildi. Mamlakatning  yorqin kelajagini ta`minlash maqsadida iqtidorli kadrlar , yetuk mutaxassislar tayyorlashga e`tibor kuchaytirildi.

Shu maqsadda, 1993-yilda Abu Rahyon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti qoshida Milliy Litsey internat tashkil etildi. Mazkur o’quv maskanining asosiy maqsadi texnika yo’nalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

O’rta – maxsus, kasb-hunar ta’lim Markazining 2004- yil  17- maydagi 115-sonli buyrug’iga  asosan ushbu litseyga, Toshkent Davlat Texnika Universiteti qoshidagi “Kompyuter texnologiyalari” akademik litseyi  maqomi berildi.

        Akademik litseyda ta’lim 2 ta- aniq fanlar va  xorijiy filologiya yo’nalishlarida olib boriladi. Akademik litseyda ta’lim o’zbek va rus tillarida olib boriladi.

        Akademik litseyda hozirgi kunda 760 nafar o`quvchi ta`lim oladi va ularga  jami 57 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqdalar. Ularning 2 nafari fan doktori, 8 nafari fan nomzodi, 6 nafari bosh o‘qituvchi, 9 nafari etakchi o‘qituvchi, 18 nafari katta o‘qituvchi va 14 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchilarni tashkil etadi.Shu o’rinda ta’kidlab o’tishimiz joizki, Respublikada xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, davlat mukofoti so’vrindorlari matematika fani o’qituvchilari Nizaometdinova Musboxat Anvarovna, Sharipova Movluda G’aniyevna, “Do’stlik” o’rdeni sohibi-fizika fani o’qituvchisi Afaki Sino Isayevich, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan matematika fani o’qituvchisi Alimuhammedov Sattor To’xtayevich, ingliz tili fani o’qituvchisi Yo’ldosheva Dilbar Saidahmedovna Abdugafurova Zarifa Sattorovnalar yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda o’zlarining kuch va g’ayratlarini ayamay  mehnat qilmoqdalar.

TDTU qoshidagi "Kompyuter tehnologiyalari" akademik litseyida o'qituvchilar ilmiy darajasi to'grisida ma'lumot.


TDTU qoshidagi "Kompyuter tehnologiyalari" akademik litseyida o'qituvchilar ilmiy darajasi to'g'risida ma'lumot.


ТДТУ ҚОШИДАГИ "КОМПЬЮТЕР ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ" АКАДЕМИК ЛИЦЕЙИДА ЎҚИТУВЧИЛАР ИЛМИЙ ДАРАЖАСИ ТЎҒРИСИДА МАЪЛУМОТ

ТДТУ ҚОШИДАГИ "КОМПЬЮТЕР ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ" АКАДЕМИК ЛИЦЕЙИДА ЎҚИТУВЧИЛАР САЛОХИЯТИ ТЎҒРИСИДА МАЪЛУМОТ



Akademik litsey ta’lim sohasidagi jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy jihozlar bilan to’liq ta’minlangan bo’lib, fizika, kimyo, biologiya laborotoriyalari frontal laborotoriya ishlarini olib borish imkoniyatiga egadir. 8 ta multimediya tizimi bilan  jihozlanagan auditoriya, 4 ta kompyuter sinflari barcha fanlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’tish imkonini beradi.




Bizga bitiruvchilar emas,
maktab ta'lim va tarbiyasini
ko'rgan shaxslar kerak.
                                                                    I.Karimov


© 2014-2017 TDTU qoshidagi Kompyuter texnologiyalari akademik litsey 

Sayt dizayneri Xushnud Temirov