ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QOSHIDAGI

“KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI” AKADEMIK LITSEYI

LITSEYGA QABUL

  Akademik litseyda ta’lim 2 ta- aniq fanlar va  xorijiy filologiya yo’nalishlarida olib boriladi. Akademik litseyda ta’lim o’zbek va rus tillarida olib boriladi.

     Aniq fanlar (texnika)

Matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Xorijiy filologiya (ingliz tili)

Ingliz tili, tarix hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi.


        Ta’lim muassasada joriy 2015-2016 o‘quv yilida 1-bosqichda 270 nafar,   2-bosqichda 226 nafar,  3-bosqichda 264 nafar o‘quvchilar tahsil olishmoqda. Ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “akademik Ayubovning matematika maktabi”, 9ta umum-ta’lim va 3 ta sport to‘garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi kompyuter texnologiyalari akademik litseyda jami 57 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqdalar. Ularning 2 nafari fan doktori, 8 nafari fan nomzodi, 6 nafari bosh o‘qituvchi, 9 nafari etakchi o‘qituvchi, 18 nafari katta o‘qituvchi va 14 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchilarni tashkil etadi. Shu bilan birga O’zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent davlat texnika universitetining malakali o’qituvchilari litsey o’quvchilariga  o’z yonalishlari bo’yicha saboq berib kelmoqdalar. Shu o’rinda ta’kidlab o’tishimiz joizki, Respublikada xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, davlat mukofoti so’vrindorlari matematika fani o’qituvchilari Nizaometdinova Musboxat Anvarovna, Sharipova Movluda G’aniyevna, “Do’stlik” o’rdeni sohibi-fizika fani o’qituvchisi Afaki Sino Isayevich, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan matematika fani o’qituvchisi Alimuhammedov Sattor To’xtayevich, ingliz tili fani o’qituvchisi Yo’ldosheva Dilbar Saidahmedovna Abdugafurova Zarifa Sattorovnalar yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda o’zlarining kuch va g’ayratlarini ayamay  mehnat qilmoqdalar.

“Abiturient shtabi”

      Akademik litsey o‘quvchilarini Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarligini amalga oshirish maqsadida akademik litsey qoshida “Abiturient shtabi” tashkil etilgan. Bu shtabga oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.



© 2014-2017 TDTU qoshidagi Kompyuter texnologiyalari akademik litsey 

Sayt dizayneri Xushnud Temirov